17:47 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)
794 0 0

Bugunning oʻzida 119 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 5847 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 325 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 8996 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 77 nafari Toshkent shahrida (shundan 30 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 47 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (barchasi aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 119 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika  boʻylab jami sogʻayganlar soni 5847 nafarga yetdi.

Ayni paytda 3122 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 18 nafar ogʻir, 7 nafar oʻta ogʻir ahvolda.

RNK test

Oʻzbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi.

COVID-19 RNKsini ajratishga moʻljallangan diagnostik toʻplam OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Taʼkidlanishicha, uning klinik sinovlari Sogʻliqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida oʻtkazilgan va ijobiy natijalarni koʻrsatdi.

Chegarada qolgan fuqarolar

TIV Qozogʻiston chegarasida toʻplangan oʻzbekistonliklar haqida bayonot berdi. Qozogʻiston chegarasida toʻplangan oʻzbekistonliklar masalasi Oʻzbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axborotiga koʻra, Rossiya-Qozogʻiston chegarasi “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-oʻtkazish punktlari yaqinida Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangani kuzatilmoqda.

"Mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritdi.

Shoshilinch choralar

“Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan “Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasi parametrlari tasdiqlandi.

Loyihaning maqsadi Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish uchun sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishdan iborat.

Loyihaning umumiy qiymati 106 757,1 ming dollarni tashkil etadi.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 10,7 milliondan oshdi, 516 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (2,6 mln), Braziliyada (1,4 mln), Rossiyada (653 ming).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)

Asosiy mavzular