22:43 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
870 0 0

Oʻzbekistonda 33-bemor koronavirus qurboniga aylandi. Bu kun davomida kuzatilgan ikkinchi oʻlim hisoblanadi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 33 nafarga yetdi.

SSV xabariga koʻra, Toshkentda 45 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Unda bir necha kun davomida koronavirus alomatlari sezilib, tana haroratining koʻtarilishi, tomogʻida ogʻriq va holsizlik kuzatilgan.

Ammo shunday  boʻlishiga qaramasdan u shifokorga oʻz vaqtida murojaat qilmay, uy sharoitida davolanib yurgan.

Natijada shu yilning  30 iyun kuni  Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga oʻta ogʻir holatda, oʻtkir nafas yetishmovchiligi bilan olib kelinib, jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Bemorga yurak ishemik kasalligi, oʻtkir yurak va nafas  yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qoʻyilgan.

Biroq shifokorlarning muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak-qon tomir va oʻpka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Eslatib oʻtamiz, biroz avval poytaxtlik 71 yoshli onaxon koronavirusdan vafot etgani xabar qilingan edi.

Teglar:
karantin, bemorlar, Toshkent, koronavirus

Asosiy mavzular