Qaysi joylarda koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqoriroq

© REUTERS / Aly SongPuteshestvenniki v ocheredi vozle jeleznodorojnoy stansii Xankou, Kitay
Puteshestvenniki v ocheredi vozle jeleznodorojnoy stansii Xankou, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar koronavirusni juda tez yuqtirib olish mumkin bo‘lgan joylar ro‘yxatiga uzundan-uzun navbat vujudga keladigan barcha idoralarni kiritishgan.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Qaysi joylarda juda tezlikda koronavirusni yuqtirib olish mumkinligi haqida "Izvestiya" nashriga ekspertlar ma’lumot berishdi, deb xabar qiladi Sputnik Qirg‘iziston.

Rabota medikov s bolnimi COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus qurbonlari, ikkinchi to‘lqin va niqob masalasi - SSV vakili bilan intervyu

Ro‘yxatda birinchi o‘rinda ventilyatsiyasi yomon xonalar kiritilgan.

"Xonaning nima uchun mo‘ljallangani emas, balki unda ventilyatsiya qanday ishlashi muhim. Agar havo yaxshi aylanmasa, u holda har qanday yopiq bo‘shliq xavf tug‘diradi", — deya ta’kidladi Moskva fizika-texnika institutining genom injeneriyasi laboratoriyasi rahbari Pavel Volchkov.

Reytingda ikkinchi qatorni navbatlar, "pik" vaqtlardagi jamoat transportlari va odamlar yaqin turib muloqot qiladigan boshqa joylar egallagan.

"Odamlar ko‘p to‘planadigan, navbatlar hosil bo‘ladigan do‘konlar va dorixonalar ham xavf tug‘diradi", — deydi Marsinovskiy nomidagi parazitologiya, tropik va transmissiv kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukashev.

Shuningdek, barlar, restoranlar va karaoke-klublar ham xavf turkumiga kiradi. Stomatolog, stadionlarga borganda ham ehtiyot bo‘lish lozim.

Ekspertlar shuningdek, ijtimoiy masofani saqlash va niqob taqish foydasi haqida ham eslatib o‘tganlar.

Yangiliklar lentasi
0