18:02 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
218 0 0

Fargʻona viloyati Toshloq tumanida ariqlarda neft oqishiga faqat neft zavodi emas, aholi orasida noqonuniy neft qazib olayotganlar ham aybdor ekani aniqlandi.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi yillar davomida yer osti suvlarini neft mahsulotlari bilan ifloslashtirib kelinganini tan oldi. Bu haqida korxona tomonidan tarqatilgan rasmiy maʼlumotda xabar qilingan. 

"Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 60 yildan koʻproq davrdagi faoliyati davomida, turli texnologik nosozliklar (xom ashyo va tayyor mahsulotlarning oqib ketishi) natijasida suvli yerlarda yer osti suvlari ifloslangan katta maydon hosil boʻlgan", - deyilgan xabarda. 

Korxona bayonotida aytilishga koʻra, "Oʻzbekgidrogeologiya" DM, “Fargʻonagidrosuv xoʻjaligi” instituti, "OʻzLITIneftegaz" AJ, "Gidrogeotexnika" OAOT bilan birgalikda 1992-1997 yillarda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ifloslangan maydoni oʻlchamlari va neft mahsulotlari salmogʻi jiddiy ravishda qisqargan.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, neft bilan ifloslanish darajasi Toshloq tumanidagi barcha quduqlarda 2004 yilning boshiga kelib neft mahsulotlarining hajmi plenka holatigacha kamaydi, deyilgan xabarda. 

2005 yilda viloyat hokimi qarori bilan 31,89 ga lik maydon Fargʻona NQIZ balansiga oʻtkazildi. Ushbu uchastkada 2500 ta noqonuniy qazilgan quduq aniqlangan va ular “Fargʼona NQIZ” MCHJ tomonidan yoʻqotildi hamda ularning oʻrniga mevali bogʻ yaratildi.

Shuningdek, 2006-2007 yillarda Fargʻona NQIZ tomonidan neft mahsulotlari sizib chiqadigan konusda "OAZIS" tutib qolish tizimi barpo etilgan. "OAZIS" tizimi quduqlari ifloslanishni lokalizatsiya qilish boʻyicha eng samarali mexanizm hisoblanadi.

Xabarda aytilishiga koʻra, 2020 yilning may oyida DXX, IIV va Soliq va valyuta jinotyalariga qarshi kurash departamenti bilan birgalikda Toshloq tumanida oʻtkazilgan tadbir davomida 117ta noqonuniy quduq, 52 ta chuqurlik nasosi, 205 ta turli idishlar, 9757 metr kabel, 847 metr shlang va salkam 30 tonna neft va neft mahsulotlari topilgan. 

Eng muhimi, ushbu tadbirlar davomida tindirgich idishlar yordamida neft mahsulotlarini noqonuniy oʻzlashtirayotgan aholi tomonidan ekologik meʼyorlarni buzish boʻyicha koʻp sonli holatlar aniqlangan. Ular chiqindilarni yaqin atrofda joylashgan ariqlar va havzalarga toʻkib kelgani aniqlangan, - deyilgan xabarda.

Ushbu holatlar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish uchun tegishli bayonnomalar tuzilgan.

2020-2030 yillarda zavodni modernizatsiya qilish doirasida yangi texnologiyalar va zamonaviy uskunalardan foydalanish evaziga atrof-muhitni ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha toʻliq chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 1960 yillar boshida qurilgan. Zavod Qirgʻuli adirlarining shimoliy qismida, toshli-shagʻalli qatlamlar ustidagi kam miqdordagi mayda donador tuproq qatlamli joyda joylashgan.  

 

Asosiy mavzular