02:47 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
22310

Jangovar mashinalar T-64MV darajasigacha takomillashtiriladi. Keyinchalik, mamlakat qoʻshinlarini bu texnika bilan qurollash rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida T-64 tankini takomillashtirish mamlakat mudofaa-sanoat kompleksi (MSK) korxonalari bazasida amalga oshiriladi, deb xabar beradi respublika Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

“Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi mavjud T-64 tanklarini T-64MV darajasigacha takomillashtirish, keyinchalik qoʻshinlarni qayta jihozlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Davlat qoʻmitasining xabar berishicha, T-64ning tajribali takomillashtirilishi Mudofaa vazirligining zirhli texnika taʼmirlash zavodining ishlab chiqarish bazasida amalga oshirilgan. Xususan, tankdagi 5TDF dvigateli V-shaklidagi V-84 dvigateli bilan almashtirildi, bu uning quvvatini 140 ot kuchiga oshirishga va tankni har qanday tabiiy toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun moslashtirishga imkon berdi.

Tank korpusi qoʻshimcha zirhlar bilan mustahkamlandi, dinamik himoya qutilari va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yangi Hytera raqamli radiostantsiyalari oʻrnatildi.

“Sinov natijalariga koʻra, T-64MV tanki baʼzi texnik xususiyatlar boʻyicha T-72 tankidan qolishmaydi. Shuni taʼkidlash kerakki, rivojlangan davlatlar ham yangilarini sotib olish oʻrniga oʻz armiyalari tarkibidagi mavjud tanklarni takomillashtirish tamoyilini ilgari surmoqda”, - deya qoʻshimcha qilishdi idorada.

Avvalroq, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi mahalliy Tarlon yengil zirhli mashinasini ishlab chiqarish boshlanganini eʼlon qilgandi. U “Kranlar va maxsus texnika” MCHJ bazasida olib borilmoqda. Zirhli mashina shaxsiy tarkibni tashish, mobil guruhlari va nazorat punktlarini jangovar qoʻllab-quvvatlash, jangovar qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular