14:27 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
383 0 0

Oʻzbekistonda “Aviatsiya terminlari lugʻati” yaratish vaqti allaqachon kelgan. Buning uchun Atamashunoslik komissiyasi va sohaning tajribali mutaxassislari oʻz xulosalarni berishlari kerak, deydi mutaxassis. 

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda “Aviatsiya terminlari lugʻati” yaratish uchun allaqachon zarurat tugʻilgan, deb xabar qilmoqda Uzbekistan airports.

Uzbekistan airports AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi Alisher Abdurazzoqov yozishiga koʻra, bir necha yil oldin Oʻzbekiston OAVlarida “tayyora”, “tayyoragoh”, “uchoq”, “bandargoh” kabi soʻzlarni uratish mumkin edi, lekin hozir ushbu soʻzlar umuman uchramaydi.

“Bu soʻz va atamalar tilimizga oʻrnashmadi, oddiy qilib aytganda, xalq tomonidan qabul qilinmadi. Balki bu yaxshilikkadir.”, - deydi Abdurazzoqov.

Har bir tushunchani qanday atash kerakligini Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamashunoslik komissiyasi sohaning tajribali mutaxassislari bilan hamkorlikda tegishli tadqiqotlarni amalga oshirish va xulosalarni berishlari kerak. Ularning xulosalari asosida “Aviatsiya terminlari lugʻati” tuzilishi kerak.

“Shunda aeroportlarimizdagi koʻrsatkich lavhalarni oʻzbekchalashtirayotganimizda “Amerikani qaytadan kashf etishimizga” hojat qolmaydi. Misol uchun, sohaga oid “aeroport”, “aerodrom” kabi koʻplab terminlarning turkiy tildagi muqobilini topish va amalga kiritish zarurmi yoʻqmi va hokazo”, - deydi mutaxassis.

Maʼlumki, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotida (ICAO) 6ta rasmiy til qabul qilingan. Bular frantsuz, ispan, ingliz, rus, arab va xitoy tillaridir.

Mutaxassis fikriga koʻra, turkiy tilli xalqlar ham ICAOga turk tilini xalqaro aviatsiya standartiga qabul qilish borasida oʻz takliflarini berishlari mumkin. Buning uchun Turkiy tilli davlatlar kengashi qoʻllovi asosida ushbu masalani xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga olib chiqishi kerak.

Asosiy mavzular