23:19 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
46801

Qurbon hayiti kuni moʻmin-musulmonlarga oʻz xonadonlarida quyosh terak boʻyi koʻtarilgandan keyin toʻrt rakatli nafl namozi oʻqishlari tavsiya etiladi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Butun dunyo boʻylab, jumladan, Oʻzbekistonda ham koronavirus kasalligi avj olayotgani munosabati bilan Qurbon hayiti namozini jamoat boʻlib oʻqishning iloji yoʻq. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi bayonotida aytildi.

"... 2020 yilgi Qurbon hayiti (Iydul adho) namozini pandemiya davrida jamoat boʻlib oʻqish imkoniyati mavjud emasligi, moʻmin-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi", - deyiladi bayonot matnida.

Bayon etilgan sharʼiy dalil va hujjatlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi karantin sharoitida Qurbon hayitini nishonlash boʻyicha quyidagi tavsiyalarini eʼlon qiladi:

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini manbalari, Respublika maxsus komissiyasi xulosalari va tibbiyot mutaxassislari tavsiyalariga tayangan holda 2020 yilgi pandemiya sharoitida Qurbon hayiti – Iydul adha namozini oʻqish moʻmin-musulmonlarning zimmasidan soqit boʻlishini maʼlum qiladi.

Qurbon hayiti kuni moʻmin-musulmonlarga oʻz xonadonlarida quyosh terak boʻyi koʻtarilgandan keyin toʻrt rakatli nafl namozi oʻqishlari tavsiya etiladi.

Qurbon hayiti kuni imkoni bor musulmonlarga bomdod namozini oʻqib, keyin qurbonlik qilishlari tavsiya etiladi. Qurbonlik goʻshti uchga taqsimlanib, bir qismi – yaqin qarindoshlarga, yana bir qismi – kambagʻal va muhtojlarga tarqatish, qolganini – oila ahliga olib qolish mustahabdir. Hammasini faqirlarga bersa yoki oilada koʻpchilik boʻlsa, uyda qoldirsa ham boʻladi.

Bu yilgi Qurbon hayiti karantin sharoitida nishonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanishiga sabab boʻladigan urf-odatlarni tashkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, maʼrakalarni oʻtkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanish soʻraladi.

Xonadonda, oila-aʼzolari bilan birga Qurʼoni karim oyatlaridan tilovat qilib, oʻtganlar ruhi poklariga baxshida etish tavsiya etiladi.

Kuni kecha Oʻzbekistonda 31 iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi haqida prezident qarori ommaga eʼlon qilingan edi. Hujjatda Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, 25 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 19 653 nafarga yetgan.

Asosiy mavzular