O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 22,1 ming nafardan oshdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 9 777 nafar bemor davolanmoqda.Ulardan 209 nafari og‘ir, 88 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘tgan tun davomida koronavirus yana 276 kishida tasdiqlandi.

“2020 yil 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 169 (+276) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 28-iyul asosiy xabarlari

Yangi kasallanganlarning 153 nafari Toshkent viloyatida, 51 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 12 nafari Farg‘ona viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan. 126 kishi qurbon bo‘lgan.

Hozirda mamlakatda 9 777 nafar bemor davolanmoqda.Ulardan 209 nafari og‘ir, 88 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0