02:30 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
463 0 0

Katta yoshdagi insonlar belgilangan soatlardan kam yoki koʻp uxlashlari kerak emas. Muntazam uyquga toʻymaslik ham, yoki haddan ziyod koʻp uxlash ham keksa yoshdagi insonlar uchun jiddiy xatarlarni keltirib chiqaradi.

Ushbu xatarlar haqida Sputnik radiosi efirida shifokor Vladimir Xoroshev gapirdi.

Tibbiyot xodimlarining fikricha, inson uchun uyquning oʻrtacha meʼyoriy darajasi - sakkiz soat etib belgilangan, bu vaqt ichida organizm oʻzini toʻliq tiklashga ulguradi. Agar yoshlikda organizm chala uyqu oqibatlarini osonlikcha yenga olsa, katta yoshdagi insonlar oromi esa belgilangan muddatdan kam boʻlmasligi kerak, dedi Sputnik radiosiga bergan intervyusida kardiolog Vladimir Xoroshev.

"55 yoshdan katta va 60 yoshga yaqinlashayotgan insonlar maʼlum uyqu rejimiga amal qilishlari kerak. Ular 8 soatdan kam boʻlmagan vaqt tinch uxlashlari shart. Agar keksa yoshdagi kishilar kam uxlashsar, ularning organizmi resurs bazani qayta tiklashga ulgurmaydi, bu esa barcha organlar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bosh miya, yurak, jigar va oshqozon bundan aziyat chekadi. Buni yodda tutish lozim", - deya tushuntiradi Vladimir Xoroshev.

U shuningdek, keksa yoshdagi insonlar haddan ziyod koʻp uxlashlari maqsadga muvofiq emasligini qoʻshimcha qildi: koʻp uxlash keksalar uchun xavfli boʻlgan ortiqcha vazn muammosini keltirib chiqaradi.

"Odamlar koʻpincha keksa yoshda haddan koʻp uxlaydigan boʻlib qolishadi. Ular umrlari davomida charchaganliklarini va endi uyquga toʻyib olishni istashlarini aytishadi. Gap shundaki, haddan ziyod koʻp uxlash ham keksa yoshdagi insonlar uchun zararli. Tadqiqotlar 9, 10 va hatto 11 soatdan oshadigan uyqu bosh miyaning ateroskleroz shikastlanishiga yoki entsefalopatiyaga olib kelishi xavfini oshirishini koʻrsatgan. Bu kasallik bosh miya kognitiv buzilishini keltirib chiqaradi. Natijada bu keksa yoshdagi insonlarda aqli zaiflik rivojlanishiga sabab boʻladi. Ortiqcha vazn ham keksa yoshda maqsadga muvofiq emas", - deya aniqlik kiritgan Vladimir Xoroshev.

Asosiy mavzular