16:10 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
425 0 0

Koronavirusga chalingan bemorlarning 93 % sogʻaygan, ayni damda shifoxonalarda 2274 nafar bemorlar davolanmoqda.  

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda kunlik koronavirusga chalinganlar soni kamayishda davom etmoqda, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi. 

2020 yil 3 sentyabr soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 42688 kishini tashkil qilgan. Bugungi kuni hisobidan yangi kasallar soni +53 nafarni tashkil qilgan.

Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 6 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilishi tufayli aniqlangan. Ular oldin koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan. 

Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 115 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Koronavirusga chalingan bemorlarning 40081 (+198) nafari, yaʼni - 93 % sogʻaygan. Ayni damda shifoxonalarda 2274 nafar bemorlar davolanmoqda.

Eslatib oʻtamiz Iyul Avgust oylarida Oʻzbekistonda kuniga aniqlanayotgan yangi bemorlar soni 400-600 kishi atrofida, kasalxonalarda davolanayotganlar soni 7 mingdan oshgan edi. 

Asosiy mavzular