19:01 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
789 0 0

Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, ikki mamlakatlar oʻrtasida muntazam parvozlar sentyabrda qayta tiklanishi mumkin. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi epidemiologik vaziyatga bogʻliq.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev Rossiya bilan ehtimoliy aviaqatnovlar tiklanishi borasida fikr bildirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, ikki mamlakatlar oʻrtasida muntazam parvozlar sentyabrda qayta tiklanishi mumkin. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi oldindan aytish qiyin boʻlgan epidemiologik vaziyatga bogʻliq.

Oʻzbekiston barcha turdagi xalqaro qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklaydi

“Balki sentyabr oyida ham ocharmiz. Lekin tushuning, biz 15 maydan ikki oy karantin qildik, keyin choralar yumshatildi, va oqibatda kasallanish holatlari oshib ketdi va 15 avgustgacha yana karantin eʼlon qilishga majbur boʻldik. 15 avgustdan u ozgina yumshatildi, 5 sentyabrdan esa yangi yumshatishlar kiritildi. Biz barcha davlatlar singari maktablarni va maktabgacha muassasalarni ochyapmiz. Bizga respublikadagi vaziyatga baho berish uchun vaqt kerak. Agar kasallanish holatlari kamayib borsa, bu aviaqatnovlarning tiklanishiga zamin yaratadi”, — dedi Yusupaliyev “ʼ” bilan suhbatda.

Rossiya yana uch mamlakat bilan parvozlarni tikladi

Eslatib oʻtamiz, 3 sentyabr kuni Uzbekistan Airways BAA, Germaniya, Turkiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan muntazam xalqaro parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashini eʼlon qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular