18:52 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
403 0 0

2020 yil 4 mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan Gʻayrat Begaliyev koronavirusdan vafot etdi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Gʻayrat Begaliyev vafot etdi. Bu haqda OʻzA xabar qilmoqda.

“Marhumda koronavirus infektsiyasi aniqlanib, davolanishda boʻlgan”, - deyilgan xabarda.

Gʻayrat Begaliyev 2020 yil 4 mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan edi.

6 sentyabr kuni Mirishkor tumani hokimining oʻrinbosari Mansur Rahmonov ham vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusdan vafot etgan edi.

Asosiy mavzular