13:38 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
174 0 0

Samarqand va Ukrainaning Lvov shahri oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. ​​Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko Samarqand va Lvov shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Ukraina aloqalarining mustahkamlanib borayotgani ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda viloyatda IT Park tashkil etish, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va boshqa bir qator sohalar boʻyicha birgalikda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar muhokama etildi.

“Uchrashuvda Samarqand va Lvov shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasi ham muhokama etildi”, - deyilgan xabarda.

Tomonlar tez fursatda ukrainalik ishlab chiqaruvchilar va ishbilarmonlar ishtirokida onlayn rejimda samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Asosiy mavzular