13:09 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
143 0 0

Oʻzbekistondan navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiyaning Samara viloyati tomon yoʻlga chiqdi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiyadan Oʻzbekiston fuqarolarini qaytarish uchun navbatdagi avtobuslar karvoni yoʻlga chiqdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan Rossiyaning Qozogʻiston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida toʻplanib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 23 sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaga joʻnatilgan edi.

Ayni damda 750 nafar fuqarolarni olib qaytayotgan ushbu avtobuslar rejaga koʻra 27 sentyabr kuni Oʻzbekistonga kirib keladi.

Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan bugun navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiyaning Samara viloyati tomon yoʻlga chiqdi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozogʻiston hamda Rossiya tomonidan qoʻyilgan talablarga qatʼiy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways 17 sentyabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qoʻshimcha charter reys qoʻyilgan. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.

TIV fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya hududida boʻlgan vatandoshlardan poyezd stantsiyalarida toʻplanmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilishlarini yana bir bor soʻragan edi.

Asosiy mavzular