19:03 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)
759 0 0

Sutka davomida 363 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 56 717 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 363 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 56 252  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 48 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Jizzax viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 396 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 53 366 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 881 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 470 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Abxaziyadagi oʻzbekistonliklar

Abxaziya hududida boʻlib turgan 400 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolarining vatanga qaytishda koʻmak berish toʻgʻrisidagi murojaatlari kelib tushgan.

TIV maʼlum qilishicha, yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalar) iborat Oʻzbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktyabr oyi boshlarida Oʻzbekistonga qaytarish rejalashtirilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 33,8 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 25,1 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,4 mln), Hindistonda (6,2 mln), Braziliyada (4,8 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)

Asosiy mavzular