23:37 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
40210

Kengash qaroriga koʻra, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oraligʻida 30 nafar ishtirokchi bilan oʻtkazilishi belgilandi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining oʻn uchinchi sessiyasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibi koʻrib chiqildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kengash qaroriga koʻra, karantin davrida respublika maxsus komissiyasi qaroriga qatʼiy rioya qilgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oraligʻida 30 nafar ishtirokchi bilan oʻtkazilishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, toʻy oʻtkazuvchi shaxslar toʻydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla)ni xabardor qilishi zarur.

Shuningdek, milliy anʼanalarga yot “kelin navkari”, “chorlar”, “ota koʻrdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “togʻora yuborish” kabilarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Dafn etish va motam marosimlari bilan bogʻliq ortiqcha tadbirlar -“yetti”, “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “hayit”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” kabilarni oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Asosiy mavzular