14:27 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
40 0 0

Taʼkidlanishicha, taʼlim muassasasiga oʻquvchilarning anʼanaviy tarzda kelib oʻqishlari majburiy hisoblanmaydi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Joriy yil  15 oktyabrdan oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020-2021 oʻquv yili anʼanaviy tarzda boshlanadi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bunda SanPiN talablari bajarilgan taqdirda va ota-onalar hamda deputatlardan ijobiy xulosa berilgandan soʻng akademik litseylarda oʻquv jarayonini boshlashga tayyorligi haqida hududiy ishchi guruhlarning xulosasi olinadi.

Yangi oʻquv yilini anʼanaviy tarzda boshlashga tayyor boʻlgan akademik litseylarda oʻquv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan oʻtkaziladi.

Shuningdek, oʻquv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash maqsadida ota-onalarning fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkaziladi.

Taʼlim muassasasiga oʻquvchilarning  anʼanaviy tarzda kelib oʻqishlari majburiy hisoblanmaydi.

Karantin talablaridan kelib chiqib, taʼlim muassasalarida oʻquvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.

Asosiy mavzular