04:46 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1235)
602 0 0

Sutka davomida 217 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 62 588 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 217 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 62 588  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 97 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 195 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 59 624 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 444 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 521 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Qoʻshimcha qatnov

Rossiyadan Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poyezdning qoʻshimcha qatnovlari yoʻlga qoʻyildi.

Poyezdlar Volgograd viloyatidagi "Voljskiy" stantsiyasidan 15, 18, 22, 25, 28 oktyabr kunlari, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari soat 21:57da yoʻlga chiqadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 39,2 milliondan oshdi, 1 million 102 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 29,4 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (8,2 mln), Hindistonda (7,4 mln), Braziliyada (5,1 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1235)

Asosiy mavzular