22:17 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
102 0 0

AOKA 15ta yetakchi ommaviy axborot vositalari orasida soʻrov oʻtkazib Monopoliyaga qarshi qoʻmita tomonidan boim oʻtkazilmaganini aniqladi.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. "UzAuto Motors" AJ tomonidan bir necha kun oldin tarqatilgan, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan OAVlarga bosim oʻtkazilgani haqidagi xabar - tasdiqlanmadi, deb xabar qilmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

"Agentlik tomonidan 15 ta yetakchi elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari oʻrtasida soʻrov oʻtkazilib, mazkur sud ishini yoritishda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan hech qanday bosim oʻtkazilmagani qayd etildi", - deyilgan xabarda. 

Ushbu masala yuzasidan AOKA tomonidan «UzAuto Motors» AJga asossiz maʼlumotni tarqatmaslik va bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli ogohlantirish kiritiladi.

Agentlik yana bir bor asossiz, yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish uchun javobgarlik borligini eslatib oʻtadi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda OAVga tarqatilayotan maʼlumotlarning asosliligini tekshirishni tavsiya qiladi. 

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi orasidagi sud tartibida boʻlib oʻtayotgan surishtiriv ishlarini OAVda yoritish borasida bayonot tarqatilgan edi. Unda avtomobil kompaniyasi qoʻmitani OAVga bosim oʻtkazishda ayblagan edi. 

Asosiy mavzular