13:54 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
14800

Xalq taʼlimi vaziri Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirish imtihonida inobatga olinishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirish imtihonida inobatga olinadi. Bu haqda xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov AOKAdagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Shermatovning taʼkidlashicha, bu prezident topshirigʻi va farmon loyihasida oʻz aksini topadi.

“Oʻquvchi maktabda 11 yil oʻqiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal boʻlyapti. Balki, oʻsha kuni kasal boʻlgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu boʻyicha topshiriq berganlar, oʻquvchilarning maktabda olgan baholari, yaʼni oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, — vazir.

Qayd etilishicha, 7-sinf bitiruvchilarini professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun kichik mutaxassisliklar boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shugʻullanishi mumkin boʻlgan kasb va lavozimlar belgilanadi.

Asosiy mavzular