07:22 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
451 0 0

Sutka davomida 174 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 66 628 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 174 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 66 628 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 51 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 151 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 63 864 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 201 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 563 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Shimoliy iqtisodiy hamkorlik forumi

Shavkat Mirziyoyev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi/

Oʻzbekiston prezidenti COVID-19'ga qarshi kurashish uchun yaqin muvofiqlashuv va keng xalqaro hamkorlik zarurligini qayd etdi.

Koreya kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilayotgan farmatsevtika klasteri negizida samarali vaktsina va zardoblar, kasalliklarni tez va aniq tashxislash tizimlarini ishlab chiqish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish taklifi bildirildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 45,3 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (9,2 mln), Hindistonda (8,1 mln), Braziliyada (5,5 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular