01:02 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
28911

Gulnora Karimovaning sogʻligʻi yomonlashgani borasida soʻnggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik.  Gulnora Karimovaning sogʻligʻi yomonlashgani borasida soʻnggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda bugun Oʻzbekiston Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva maʼlum qildi.

Oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda belgilangan jazo muddatini Zangiotadagi koloniyada oʻtayotgan Gulnora Karimovaning salomatligi yomonlashgani, u oʻpka yalligʻlanishi tashxisi bilan sanitariya qismiga yotqizilgani, u koronavirusga chalingan boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Matbuot anjumanida mutasaddilar Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli ogʻirlashgani yoki oʻz joniga qasd qilgani haqida tarqalgan xabarlar qanchalik haqiqatga mosligi haqida savolga javob berdi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva bu gaplarni "mish-mishlar" deb atadi.

“Bularning bari, aytganingizdek, mish-mishlar, asoslanmagan faktlar”, — dedi Tanzila Norboyeva.

“Oʻz joniga qasd qildi degan yoki boshqa noxush holat haqidagi gaplar asossiz. Gulnora Karimova sud tomonidan belgilangan jazo muddatini oʻtamoqda”, — deya qoʻshimcha qildi IIV polkovnigi Umida Abdullayeva.

Teglar:
Gulnora Karimova

Asosiy mavzular