09:48 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
599 0 0

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosarining fikriga koʻra, aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet shakllantira olinsa, pandemiyani yengsa boʻladi.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet shakllantira olinsa, pandemiyani yengsa boʻladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, koronavirusga qarshi vaktsinalarning yaratilishi qanchadan qancha odamlarni ushbu kasallikka chalinishdan saqlab qolish imkoniyatini beradi.

“Fikrimcha, agar aholining 70 foizida immunitetni shakllantira olsak (emlash orqali yoki kasallanish oqibatida) demak, biz pandemiyani jilovlay olamiz, aniqroq aytsak, biz uni yengamiz”, - dedi Otabekov.

Mutaxassisning fikricha, mutatsiyaga uchragan virusning paydo boʻlishi endilikda emlashning befoyda ekanligini bildirmaydi. Bugungi kunga qadar ishlab chiqilgan vaktsinalarning aksariyati koronavirusning bogʻlovchi oqsillarini kodlaydi. Demak, emlash tadbirlari amalga oshirilgandan keyin hatto mutant-virus bilan kasallangan taqdirda ham bemorning immun tizimi harakatga keladi va quvonarlisi, amaldagi immun tizimini yengib oʻta oladigan darajada proteinlarini oʻzgartirishi uchun virus bir qator mutatsiyalardan oʻtishi shart boʻladi.

U fuqarolarga gripp kasalligi viruslari ham tez-tez mutatsiyaga uchrashi sababli vaktsina har faslning boshida yangilanib turilishi va shu yoʻl bilan emlash samaradorligiga erishilishini eslatgan. 

“Buning uchun koronavirusga qarshi vaktsinalarni ham kelgusida yangilash kerak boʻlishi mumkin. Ammo pandemiya davrida jamlangan maʼlumotlar va yaratilgan ishlab chiqarish manbalari, shubhasiz keyinchalik aholini unchalik qimmat boʻlmagan va sifatli vaktsina bilan muntazam taʼminlash imkonini beradi”, - deya xulosa qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari.

Teglar:
emlash, vaktsina, koronavirus pandemiyasi, SSV, Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, Nurmat Otabekov

Asosiy mavzular