TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2020/2021 oʻquv yilidan respublika oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi.
Oliy taʼlim muassasasi kengashi qarori asosida:
- professor-oʻqituvchilar OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi;
- oʻqituvchilar OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida oʻqishi mumkin.
2021 yil 1 yanvardan:
- OTM huzuridagi texnikumlarda oʻquv mashgʻulotlarini olib borayotgan professor-oʻituvchilarning mehnatiga soatbay haq toʻlash OTM talabalariga dars oʻtganligi uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarida amalga oshiriladi;
- taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik oʻquv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.