04:59 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
185 0 0

Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish, emlash jarayoniga tayyorgarlik koʻrish, emlashni boshlashni oʻz ichiga qamrab olgan yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan.

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ishlanmoqda va uni chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan “Sputnik V” vaktsinasi boʻyicha muntazam muloqotlar amalga oshirmoqda.

Yusupaliyev “Sputnik V” vaktsinasini mamlakatga olib kelinishi, roʻyxatdan oʻtkazilishi, emlash jarayoniga tayyorgarlik koʻrish, tibbiyot xodimlarni oʻqitish, emlashni boshlash tadbirlarini oʻz ichiga qamrab olgan yoʻl xaritasi ishlab chiqilganini maʼlum qildi. Ularni hamkorlikda amalga oshirilishini inobatga olgan holda imzolash uchun Rossiyaga yuborilgan.

Hozirda ushbu vaktsinaning yaroqliligi, xavfsizligi va sifati yuzasidan laboratoriya tekshirishlarini oʻtkazish maqsadida Rossiya ishlab chiqaruvchilaridan maxsus tekshiruv testlari va reagentlar soʻralgan. Ushbu reagentlar va testlar kelgandan soʻng, qisqa muddat ichida tekshiruvlar oʻtkazilib, vaktsina yaroqliligi va xavfsizligi toʻgʻrisida xujjat taqdim etiladi va uni respublikada ishlatish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa qilinadi.

“Bir vaqtning oʻzida “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatsiyalash masalasi ustida ishlanmoqda va Oʻzbekistonda vaktsina ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha ham muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi u.

Eslatib oʻtamiz, dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan “Sputnik V” vaktsinasi namunalarini Oʻzbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan boʻlgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi.

Mavzu boʻyicha

Rossiya SSV “Sputnik Layt” vaktsinasi tadqiqotlariga ruxsat berdi
Javoblar va savollar: Rossiya vaktsinasi tanqidchilariga
Rossiya vaktsinasi samarali ekanini tushunamiz – Xadjibayev “Sputnik V” haqida
"Sputnik V" vaktsinasi haqida barcha savollarga javoblar

Asosiy mavzular