12:23 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
244 0 0

Toʻqqizinchi sinf oʻquvchisi biologiya fani darsida har xil qiliqlar qilib, qolgan barcha oʻquvchilarni darsdan chalgʻitgan. Oʻzboshimchalik bilan bir partadan boshqasiga borib oʻtirgan.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi oʻquvchini urganligi tasvirlangan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Angren shahar XTB mudiri Rohila Abduqodirovaning maʼlum qilishicha, ushbu holat 4 fevral kuni 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabning biologiya fani oʻqituvchisi Z.T. beshinchi soat dars mashgʻuloti vaqtida 9-“V” sinfda biologiya fani  darsi davomida videotasvirga olingan.

Shu kuni oʻquvchi A.Q. darsga daftarsiz kelgan. Oʻqituvchi doskaga mavzu va rejani yozayotgan paytida ruxsatsiz birinchi qatordan toʻrtinchi qatorning birinchi partasiga borib oʻtirgan. Keyin dars jarayoniga xalaqit qiladigan qiliqlar qilib, qolgan barcha oʻquvchilarni darsdan chalgʻitgan.

Oʻqituvchi uning harakatlari uchun doskaga chaqirgan. Shunda ham u yana qiliq qilib sinfdagi oʻquvchilarni kuldirgani uchun oʻqituvchi uning kurtkasini ustidan bir musht tushurgan.

Oʻquvchi A.Q. oʻqituvchiga “Siz boksyorsiz, yana musht tushuring” deb oʻqituvchini quyushqondan chiqargani uchun oʻqituvchi jahl ustida yana urgan. Oʻquvchi dars tugaganidan keyin yana oʻqituvchini masxara qilib xonadan chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, oʻqituvchi bu holat boʻyicha maktab rahbariyatini va sinf rahbarini ogohlantirmagan. Sababi oʻqituvchi qon bosimi koʻtarilib xonada chamasi ikki soatlar oʻtirib, soʻng oʻzi rahbarlik qilayotgan 6-“D” sinfda joriy yilning 5 fevral kuni boʻlib oʻtadigan tadbirga tayyorgarlik koʻrgan.

Oʻquvchi A.Q. dars mashgʻulotlariga halaqit qilib oʻqituvchini quyushqondan chiqargani uchun Z.T.dan uzr soʻrab soʻragan va qilgan ishidan ming bor pushaymon ekanligini aytgan. Hozir ular oʻzaro kelishib olishgan.

Shu oʻrinda oʻqituvchi Z.T. oʻquvchi va uning ota onasidan boʻlib oʻtgan holat yuzasidan kechirim soʻragan.

Teglar:
maktab, Angren shahri, Toshkent viloyati

Asosiy mavzular