23:05 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
599 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: toʻrt nafar qiz, ikki nafar oʻgʻil tugʻilganligi va bu Oʻzbekiston uchun rekord koʻrsatkich ekani haqidagi xabar tarqalmoqda.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Termiz shahrida olti nafar egizak tugʻilgani haqida xabar haqiqatga zid, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: toʻrt nafar qiz, ikki nafar oʻgʻil tugʻilganligi va bu Oʻzbekiston uchun rekord koʻrsatkich ekani haqidagi xabar tarqalmoqda.

Vazirlik matbuot xizmati holatga oydinlik kiritish maqsadida Surxondaryo viloyat cogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Komil Abdivoxidov bilan bogʻlandi.

“Bu xabar haqiqatga zid. Termiz shahri va tumanida bunday tugʻilish qayd etilmagan. Oxirgi koʻp farzand tugʻilishi hududimizda 3 fevral kuni boʻlgan, yaʼni Angor tumani “Toʻlqin” mahallasida istiqomad qiluvchi 1990 yilda tugʻilgan Maxbuba Abdumurodova shu kuni uch farzandini kesarcha kesish yoʻli orqali dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi qiz (vazni 2950 gramm, boʻyi 49 sm), ikkinchisi oʻgʻil (vazni 2900 gramm, boʻyi 47 sm) va uchinchisi ham oʻgʻil (2200 gramm boʻyi 46 sm). Hozirda ularning ahvoli qoniqarli", - dedi boshqarma boshligʻi.

Teglar:
sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular