19:06 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
192 0 0

Oʻzbekiston va BAA IIV rahbarlari Amirliklar Ichki ishlar vazirligi tizimida keng qoʻllanib kelinayotgan ilgʻor texnologiyalar, fuqarolarga elektron xizmat koʻrsatishning istiqbolli loyihalarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. IIV rahbari Poʻlat Bobojonov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Saif bin Zoid Ol Naxayon bilan uchrashdi.

IIV matbuot xabariga koʻra, uchrashuvda ichki ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud shartnoma-huquqiy bazani kengaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurash muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar Amirliklar Ichki ishlar vazirligi tizimida keng qoʻllanib kelinayotgan ilgʻor texnologiyalar, fuqarolarga elektron xizmat koʻrsatish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida birgalikda hal etilishi lozim boʻlgan masalalar va istiqbolli loyihalarni atroflicha muhokama qildi.

Tadbir yakuni boʻyicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston delegatsiyasi Abu-Dabi shahrida oʻz ishini boshlagan nufuzli tadbir – IDEX-2021” xalqaro mudofaa va xavfsizlik koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad mudofaa va politsiya sohasidagi sunʼiy intellekt, texnologiya va jihozlarga oid soʻnggi yangiliklarni namoyish etish hamda ushbu yoʻnalishda davlatlar hukumatlari va biznes vakillari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatishga koʻmaklashishdan iborat.

Asosiy mavzular