PFL futbol sohasining eng yaxshi vakillarini 14-dekabrda taqdirlaydi

© Yuri CORTEZ / AFPUzbekskie bolelshiki na Olimpiade v Rio
Uzbekskie bolelshiki na Olimpiade v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovrinlar “Eng yaxshi futbolchi", "Eng yaxshi murabbiy", "Eng yaxshi matbuot xizmati” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha taqdim etiladi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. O‘zbekistonda futbol bo‘yicha yil sarhisobiga bag‘ishlangan tantanali marosim 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi O‘zbekiston futbol assotsiasiyasi.

Futbolist tashkentskogo Lokomotiva Marat Bikmayev  - Sputnik O‘zbekiston
Marat Bikmayev hakamlar va ishqibozlarni haqorat qilgani uchun jazolandi

Tantali marosimda quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi: “O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi”, “O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi”, “O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni”, “O‘zbekiston chempionatining eng chiroyli goli”, “PEPSI  Superliga-2018 to‘purari”, “O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi”, “O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi”, “O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi”, “Fair Play sovrini”, “O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini”.

Shuningdek, yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosimda mavsum davomida o‘z sohasi bo‘yicha qolgan klublarga o‘rnak bo‘la oladigan tarzda faoliyat olib borgan "Eng yaxshi matbuot xizmati", "Eng yaxshi marketing xizmati" va qolaversa, muxlislar bilan ishlashda yaxshi natijalarga erishgan fan-klublar ham alohida taqdirlanadi.  

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Oliy va Birinchi ligasi nomlari "O‘zbekiston Superligasi" va "O‘zbekiston Pro-ligasi" o‘zgartirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0