21:41 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Oʻzbek futbolchilari Dubayda: ilk mashgʻulotlar va omad tilagi

© Foto: AFU
Sport
Havola olish
252 0 0

Mutaxassislar soʻzlariga koʻra, Dubaydagi ob-havo oʻzbekistonlik sportchilar uchun qulay kelmoqda, ob-havo 23-24 daraja iliq. Jamoa Osiyo Kubogida munosib chiqish qilishga tayyor.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. 2 yanvar kuni tong sahar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019da ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelishdi.

Parvoz 3 soatu 15 daqiqa davom etdi, deb xabar qiladi Oʻzbekiston futbol uyushmasi matbuot-xizmati.

Sbornaya Uzbekistana pribыla v Obʼyedinennыe Arabskiye Emiratы dlya uchastiya v Kubke Azii-2019

"Parvoz vaqtida havo kemasi komandiri Alisher Sultonov ushbu reysda futbol boʻyicha milliy terma jamoamiz aʼzolari ham uchib ketishayotganini eʼlon qilib, ekipaj aʼzolari nomidan futbolchilarimizga Osiyo Kubogida omad tiladi", - deyiladi xabarda. 

Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq, futbol oʻynash uchun juda qulay ob-havo ekani taʼkidlangan. Oʻzbekiston futbolchilari Dubay shahridagi "Roda Al Bustan" mehmonxonasiga joylashishgan. 

Terma jamoamiz aʼzolari BAAdagi dastlabki mashgʻulotlarni oʻtkazishga ulgurishdi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston terma jamoasini BAAga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtgan edi.

Birlashgan Arabi Amirliklarida futbol oʻyinlari 5 yanvar sansidan 1 fevralga qadar boʻlib oʻtadi. Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston termasi esa 9 yanvar kuni maydonga tushadi. "Oq boʻrilar" birinchi oʻyinni Oʻmon termasiga qarshi oʻtkazadilar. Bundan tashqari F guruhida oʻzbekistonliklarning raqiblari Yaponiya va Turkmaniston futbolchilari boʻlishlari kutilmoqda.

Asosiy mavzular