05:44 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
465 0 0

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi Oʻzbekiston OTJ Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida BAA jamoasiga qarshi oʻynaydi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik.  Bugun, 19 yanvar kuni Tailandda oʻtayotgan futbol boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida Oʻzbekiston BAAga qarshi maydonga tushadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi maydonga koʻk rangli libosda tushadi. Jamoa darvozaboni esa sariq libosda.

Oʻyin Bangkokdagi “Rajamangala” stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu bosqichda gʻalaba qozongan jamoa yarim finalda Saudiya Arabistoni va Avstraliya termalari bilan kuch sinashadi.

Asosiy mavzular