Italiya klubi Eldor Shomurodov transferini e’lon qildi

© Twitter / genoacfcofficialEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shomurodov Italiyaning “Jenoa” futbol klubi bilan 2024-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Italiyaning “Jenoa” futbol klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferini e’lon qildi.

Rossiyskiy telekommentator, prezident Assotsiatsii sportivnoy pressi Sankt-Peterburga Gennadiy Orlov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik sharhlovchi Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi borasida fikr bildirdi

Shomurodov yangi klub bilan 2024-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchi to‘p surayotgan “Rostov” klubi Italiyaning “Jenoa” klubi bilan hujumchi transferi borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

​O‘zbekistonlik futbolchi 2017-yildan beri “Rostov” safida harakat qilib kelayotgan edi. Bu vaqt oralig‘ida Eldor 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol hamda 12 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangiliklar lentasi
0