TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Dubayda "Paxtakor" Rossiyaning "Zenit" va "Spartak" jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazadi.
Oʻzbekistonning amaldagi chempion jamoasi "Paxtakor" Dubayda mashgʻulotlar doirasida Rossiyaning eng kuchli jamoalari "Zenit" va "Spartak" bilan oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazadi, - deyilgan xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, "Zenit" futbol klubi bilan uchrashuv 24 yanvar kuni (boshlanishi soat 12:00da), "Spartak" bilan esa — 30 yanvar kuni soat 17.00da boʻlib oʻtadi. Undan tashqari 3 fevral kuni "Paxtakor" Latviyaning "Riga" jamoasi bilan ham oʻrtoq lik uchrashuvi oʻtkazishni rejalashtirgan.
Maʼlumot uchun "Zenit" jamoasi Rossiya premyer ligasida 19ta oʻyin oʻtkazib 41 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, "Spartak" - esa uchinchi oʻrinda. "Riga" jamoasi esa — Latviya chempioni.
"Paxtakor" 2020 yilda jami 38ta oʻyin oʻtkazib raqiblar darvozalariga 100ta toʻp kiritgan va 25ta oʻtkazib yuborgan.