12:58 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Sport
Havola olish
713 0 0

Eldorning oʻyinida ham sifat ham miqdor bor. U oʻyin davomida juda koʻp mehnat qiladi va katta hajmda ish bajaradi, u hatto mashgʻulotlarda ham oʻzini ayamaydi - Davide Ballardi.

TOSHKENT, 12 yanv - Sputnik. Italiyaning nufuzli La Gazzetta dello Sport nashri Eldor Shomurodovga qoyil qoldi. Gazetaning soʻnggi nashrida oʻzbekistonlik futbolchiga bagʻishlangan katta maqola eʼlon qilingan.

Unda aytilishiga koʻra, Eldor fenomen va Jenoaning soʻnggi umidi.

“Shomurodov – ijtimoiy fenomen va Jenoani hozirgi vaziyatdan qutqarish va jamoa kelajagi uchun soʻnggi umid.  Ushbu qobiliyatli futbolchi yarim mavsum ichida klubda muhim oʻringa ega boʻldi va oʻz transferi uchun sarflangan mablagʻlarni toʻliq oqlamoqda”, - deyilgan maqolada.  

Jamoa Treneri Davide Ballardi aytishiga koʻra, Eldorning oʻyinida ham sifat ham miqdor bor. Eldor oʻyin davomida juda koʻp mehnat qiladi, va katta hajmda ish bajaradi va u hatto mashgʻulotlarda ham oʻzini ayamaydi.

“U juda zoʻr, lekin buni uning oʻziga hozircha aytganim yoʻq”, - deydi Ballardini.   

Eldor Italiyaga kelgan kunidan boshlab til oʻrganishni boshlagan. Murakkab narsalarni tushunishda unga moldovalik jamoadoshi Dumbravanu yordam bermoqda.

Dekabr oʻrtasida Eldorning birinchi farzandi – Mustofo tugʻildi. Eldor Rojdestvo bayrami kanikulida uni ilk bor koʻrishga muvaffaq boʻldi, deb yozgan nashr.

Eldor oʻzbek milliy taomi – palovni juda yaxshi koʻradi, lekin Genuyada hozircha oʻzbek restoranlari yoʻq.  

Nashr yozishiga koʻra ijtimoiy tarmoqlarda Eldorning ishqibozlari juda koʻp. Uning instagramini 130 mingdan ortiq kishi kuzatib boradi, har bir golga 30 ming ming kishi reaktsiya bildiradi, deb yozadi nashr.

Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov "Jenoa"ga 2020 yilning oktyabr oyida Rossiyaning “Rostov” jamoasidan oʻtgan edi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra “Jenoa” “Rostov”ning  eng yaxshi hujumchisi uchun 7,5 mln. yevro toʻlagan.

Bir necha kun oldin Italiya OAVlarida "Yuventus" jamoasi Eldor Shomurodovga qiziqish qildirayotgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. "Yuventus" haqiqatdan ham ayni damda Alvaro Morataning oʻrniga A-seriyadan boshqa futbolchi izlamoqda. Dastlabki bosqichda jamoa Eldorni ijaraga olishi ham mumkin.

Asosiy mavzular