04:11 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Sport
Havola olish
498 0 0

Eldor Shomurodovning rossiyalik 13 yoshli havaskor sharhlovchi Maksim Istominga bergan intervyusini oʻzbek tilida eʼtiboringizga havola etamiz.

TOSHKENT, 21 yanv- Sputnik. "Jenoa" jamoasining rasmiy kanalida Eldor Shomurodovning muxlisi, rossiyalik 13 yoshli havaskor sharhlovchi Maksim Istomin olgan intervyusi eʼlon qilindi. Quyida ushbu intervyu.

- Salom Eldor, salom muxlislar. Birinchi savolim, sizning ismingizni Eldor yoki Eldor?

- Eldor, yumshatir belgisi yoʻq. 

- Futbolga qanday kelib qolgansiz?

- Men 6-7 yoshimda futbol oʻynashni boshlaganman. Biz futbolchi oilamiz desak ham boʻladi. Otam, ikki togʻam, akam futbolchi. Oilamizda hamma futbolga qiziqadi. Shuni uchun ham men futbolga qiziqib ketganman.

Koʻpchillik menga otam yaxshi hujumchi boʻlgan deyishadi. Shuni uchun men ham hujumchi boʻlishni orzu qilganman.

- Siz dastlab Rostovda himoyachi oʻrnida maydonga tushgan edingiz, keyin hujumchi boʻlib chiqdingiz va darrov muvaffaqiyat qozondingiz. Bu qanday sodir boʻlgan edi?

- Hozir sizni hayron qoldiraman - men hech qachon himoyachi boʻlmaganman. Ha, lekin qaysidir oʻyinda murabbiy meni hujumchi-himoyachi sifatida maydonga chiqargan edi. Terma jamoada 1-2 yil yarim himoyada oʻynaganman.

- Oilangiz bilan munosabatlaringiz qanday? Ularni sogʻinasizmi?

- Oilamiz juda katta bayramlarni birga oʻtkazishga harakat qilamiz. Hammamiz yigʻilganimizda xuddi tugʻilgan kun yoki boshqa bayramdek boʻladi. 

Soʻnggi vaqtlarda uyga kelganimda biz butun oila boʻlib futbol ham uynaymiz. Oʻzimizni 7 kishilik ikkita jamoamiz bor, mini-futbol oʻynaymiz. Oilamizda futbolchilar koʻp boʻlgani uchun  yaxshi futbolchilar koʻp. Shuni uchun har doim ham meni ishtirokimdagi jamoa gʻalaba qozonavermaydi. Men hozir ana shunday uchrashuvlarni juda sogʻinganman.

- Jenoada nima sababdan 61 raqamni olishga qaror qildingiz?

- Men bu yerga kelganimda 14 nomer band edi. Qaysi raqamni olishni oʻylab turganimda, mening bir doʻstim 61 raqamni olsang Rostovdagi muxlislaring xursand boʻlishadi, deb maslahat berdi. (Rossiya viloyatlari roʻyxatida Rostov - 61 oʻrinda) Shundan soʻng 61 raqamni olishga qaor qildim.

- Siz bolalikdan uchrashishni orzu qilgan futbolchi bormi?

- Men har doim aytganman, mening kumirim Fernando Torez va Didye Drogba. Men ular bilan uchrashib ularning avtografini olsam xursand boʻlardim.

- "Jenoa" klubida kimning oʻyini sizga yoqadi?

- "Jenoa"da hamma top oʻyinchilar yigʻilgan. Ular jamoa boʻlib oʻynaganda yanada yaxshiroq natija koʻrsatadi.

Yosh futbolchilarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz? Eng muhimi nima?

- Eng muhimi - har doim futbol haqida oʻylash. Agar sen futbolni tanlagan boʻlsang, futbol xaqida oʻylash kerak, koʻproq ish bajarishga harakat qilish kerak. Oʻziga ishonish va koʻyilgan maqsad sari intilish kerak.

- Demak asosiysi koʻproq ishlash kerak?

- Ha, diqqat bilan qunt bilan ishlash kerak. Fubolda arzimas narsa yoʻq. Har bir narsaga eʼtibor berish kerak.

- Sizda xobbi bormi, futboldan boʻsh vaqtingizda nima bilan shugʻullanasiz?

- Xozir boʻsh vaktim juda kam. Ota-onam bilan gaplashaman, italyancha gaplashishni oʻrganayapman.

- "Jenoa"da oʻzbek restoranini topdingizmi?

- Yoʻq, bu yerda oʻzbek oshxonasi yoʻq.Lekin menga Italiya ovqatlari ham yoqdi. Ayniqsa, rizotto.

- Rostovdan soʻng Genuya haqida taasurotlaringiz qanday?

- Yaxshi, bu yer juda chiroyli tarixiy shahar ekan, dengiz yonida. Men Monte Pesh degan joyda boʻldim. U yerdan butun Genuya koʻrinadi. Bu yerda ham odamlar futbolni yaxshi koʻradi, "Jenoa"ga jamoasiga muxlislik qiladiganlar koʻp.

- Sizda "Jenoa"dagi birinchi muvaffaqiyatli uzatmangiz, birinchi golingiz haqida qanday taassurot qoldi?

- Men kechagi kun bilan yashamaslikka harakat qilaman, boʻlib oʻtgan oʻyinni tezroq unutishga harakat qilaman. Gol ursam uzogʻi bilan bir kun eslab yuraman keyin unutaman. Yangi oʻyinga tayyorgarlik koʻraman.

- Kelajakda qanday rejalaringiz bor?

- Men futbolchi sifatida usishga harakat qilaman, qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilishga, gʻalaba qozonishga harakat qilaman.

Men jamoa bilan biror trofey (kubok)  yutib olishga harakat qilaman, Jenoa bilan, lekin asosiysi - Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga chiqish.  Bu mening asosiy maqsadim.

Yaqinda ota boʻlingiz. Nimalarni his qilayapsiz?

- Bunga haliyam ishongim kelmaydi. Juda xursandman. Unga qarab turib oʻzimni koʻrgandek boʻlaman. Farzandimga tugʻilganiga bugun 25 kun boʻldi. Ular hozir Toshkentda.  Yaqinda kelishi kerak. Uni juda sogʻindim.

Futbol sharhlovchisi boʻlishni istaysizmi?

- Men koʻp gapirishni uncha yoqtirmayman, shuni uchun mendan komentator chiqmasa kerak, lekin siz buni juda yaxshi uddalayapsiz. Men sizning izohlaringizni eshitganman. 

Rahmat, Sizga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

 

 

 

 

Asosiy mavzular