23:23 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Turizm
Havola olish
363 0 0

Rossiya ommaviy turistik portali oʻtkazgan soʻrovshga koʻra, Oʻzbekiston Havo yoʻllari yoʻlovchilarni eng mazali taomlar bilan siylovchi xorijiy aviakompaniya boʻldi.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Rossiya turistik xizmatlar portali Tutu.ru oʻtkazgan soʻrovga koʻra “Oʻzbekiston havo yoʻllari” xorijiy aviakompaniyalar eng “mazali taomlar bilan siylovchi aviakompaniya” boʻlgan, kompaniya matbuot xizmati xabariga asosan.

Turistik portal tomonidan 2018 yilning aprelidan 2019 yil apreliga qadar 27500 nafar yoʻlovchilar orasida soʻrov oʻtkazilgan. Uning natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Havo yoʻllari Rossiyaga parvoz qilayotgan xorijiy aviakompaniyalar orasida eng mazali taomli aviakompaniya deb topilgan.

Yoʻlovchilar aytishigu koʻra, Oʻzbekiston havo yoʻllari taomlari mazali va miqdori ham ancha koʻp. Shuningdek 6 soatdan koʻproq parvoz qiluvchi yoʻlovchilarga asosiy ovqatdan tashqari qoʻshimcha nonushta ham taklif qilinadi.

Oʻzbekiston Havo yoʻllari xabariga koʻra, kompaniya oshpazlari, yoʻlovchilar istak va xohishlarini hisobga olgan holda doimiy tartibda oʻz taomlariga oʻzgarish kiritib boradilar. Taomlar tayyorlaganda yoʻnalish hamda yoʻlovchilar xohish va istaklari hisobga olinadi.

Shuningdek yoʻlovchilar bepul ravishda oʻzlariga mos keladigan taomlarni tanlashlari mumkin: bolalar menyusi, halol ovqatlar, vegetarian ovqatlar yoki kosher menyu. Ushbu taomlarni aviachipta xarid qilganda qayd etish kerak va aeroportda, samolyotga chiqishdan oldin yana bir barobar tasdiqlab olish kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston havo yoʻllari bundan 2 yil oldin oʻtkazilgan soʻrovda ham gʻolib chiqqan edi. 2017 yil dekabrida oʻtkazilgan soʻrovda 22 ming kishi Oʻzbekiston havo yoʻllari taomlarini MDH aviakompaniyalari orasida eng mazali deb topgan edi.

Asosiy mavzular