18:44 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Oʻzbekiston 11 maydan boshlab oʻz fuqarolarini boshqa davlatlardan olib kela boshladi. 16 may holatiga koʻra beshta aviareys amalga oshirildi. Bu safar bort Toshkentga ikki guruhdan iborat - Singapur va Malayziyadan olib chiqilgan oʻzbekistonliklarni yetkazdi

Bortda jami 237 nafar yoʻlovchi bor edi.

Samolyot trapi oldida Toshkentga olib kelinganlarni tibbiyot xodimlari va sanitar xizmat xodimlari kutib oldilar. Ular yoʻlovchilarning issigʻini oʻlchab, dezinfektsiya ishlarini amalga oshirdilar, agar shunga talab boʻlsa birinchi tibbiy koʻrik ham oʻtkazilmoqda.

Toshkentga kelgan yoʻlovchilarning barchasi aeroportdan toʻgʻri vaqtinchalik joylashish maxsus markazlariga ikki haftalik karantinga yuboriladi. 

Hozircha reyslar jadvali 24 may sanasiga qadar shakllantirilgan. Charter reyslarga roʻyxat kelib tushgan arizalar boʻyicha chet davlatlardagi diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan shakllantirilmoqda.

Vatanga birinchi navbatda keksa yoshdagi kishilar, nogironligi bor insonlar yoki ogʻir xastalikka chalinganlar, homilador ayollar va yosh bolali yoʻlovchilar qaytarilmoqda. Elchixonalar va konsullik boʻlimlari qoshida "tezkor aloqa" liniyalari tashkillashtirilgan boʻlib, ular orqali Oʻzbekistonga qaytish imkoniyatlar borasida barcha zarur maʼlumotlarni olish mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular