Sputnik Qozogʻiston nashri xabariga koʻra, gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida balogʻat yoshiga yetmagan 60 nafar qiz bola tuqqan, qolganlari esa turli sabablarga koʻra, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishgan
TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida yil boshidan buyon 100dan ziyod voyaga yetmagan qizlar homiladorlik boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan.
"Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan buyon 15-18 yoshda boʻlgan 117 nafar qiz homiladorlik boʻyicha roʻyxatga olingan. Ularning 60 nafari bolali boʻlgan, 10 nafari esa tibbiy koʻrsatma yoki oʻz xohishiga koʻra, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatgan", — deyilgan Sputnik Qozogʻiston nashri tomonidan tarqatilgan xabarda.
Nashr, shuningdek, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi voyaga yetmaganlar oʻrtasida barvaqt homilador boʻlish holati oldingi yildagiga nisbatan kamayganmi-yoʻqmi, aniqlik kiritmagani haqida yozgan.
Gʻarbiy Qozogʻiston hokimiyati matbuot-xizmati esa, ayni paytda mutasaddi davlat tashkilotlari aholi oʻrtasida turli aktsiya va tushuntirish tadbirlarini oʻtkazish niyatida ekanini maʼlum qilgan. Xabarda taʼkidlanishicha, tushuntirish tadbirlari qay tarzda olib borilishi haqida maʼlumot berilmagan.
FIFA va OFK hakami Sherzod Qosimov bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga taʼsir oʻtkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani aniqlandi.
Yaqinda, WhatsApp kompaniyasi tomonidan eʼlon qilingan xavfsizlik siyosatini oʻzgartirish haqidagi xabar butun dunyoda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Foydalanuvchilar messenjerdan voz kechib boshqa xizmatlarga oʻta boshladi.
Energetika vazirining soʻzlariga koʻra, yanvar oyining soʻnggi oʻn kunligidagi isteʼmolchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz yetkazib beriladi.