14:18 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
110422

Putin oʻzining "birinchi muhabbati" haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Yaponiyaga uyushtiradigan safari davomida jahonning dzyudo boʻyicha boshqaruvchi tashkiloti — "Kodokan"ni bajonidil ziyorat qilishga soʻz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Putin dzyudo — hamkorga nisbatan hurmat, insonlar bilan nafaqat sportda, balki hayotda ham ijobiy munosabat oʻrnatishga yordam berishini eʼtirof etib oʻtdi, deb yozgan nashr. Putin shuningdek, bolalikdan ushbu sport turi bilan shugʻullanganidan nihoyatda mamnunligini eʼtirof etib oʻtgan.

"Bu, shak-shubhasiz, mening birinchi muhabbatim edi, deyish mumkin. Men sportning boshqa turlarini ham yaxshi koʻraman: suzishni ham, changʻi uchishni ham, mana hozir muzda xokkey oʻynashni oʻrganyapman. Ammo dzyudo — bu shubhasiz, hayotimning bir boʻlagi, katta boʻlagi, va men sportdagi mashgʻulotlarim aynan dzyudon boshlanganidan juda ham xursandman", — deb tan olgan Rossiya yetakchisi Yaponiyaning "Nippon" telekompaniyasiga bergan intervyusida.

Putin suhbat davomida, oʻziga Dzigoro Kano — dzyudo asoschisi katta taʼsir oʻtkazganini eʼtirof etgan.

Eslatib oʻtamiz, Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15 dekabrdan boshlanadi.

Teglar:
Putin, Rossiya prezidenti, xokkey, sport, dzyudo, Yaponiya, Dzigoro Kano, Vladimir Putin, Rossiya

Asosiy mavzular