01:43 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
75913

Mintaqalararo ballistik raketa sinovi oʻz yakuniy bosqichiga yetmoqda, deb bayonot qilgan Kim Chen In

TOSHKENT, 1 yanv — Sputnik. Shimoliy Koreya davlati yetakchisi oʻzining Yangi yil oqshomidagi xalqqa murojaati davomida mamlakat mintaqalararo ballistik raketa ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida turganini maʼlum qildi, deb xabar bergan RIA Novosti.

Mintaqalararo ballistik raketa sinovi oʻz yakuniy bosqichiga yetmoqda, deb bayonot qilgan Kim Chen In.

Nashr xabariga koʻra, Kim Chen Inning nutqi Shimoliy Koreya televideniyesi orqali translyatsiya qilingan.

Bundan tashqari, KXDR yetakchisi Shimoliy Koreya "Sharqning yetakchi yadroviy davlati" ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, toki AQSH oʻzining tajovuzkorlik siyosatini toʻxtatmas ekan, KXDR oʻz harbiy salohiyatini yanada kuchaytirishda davom etaveradi.

Mavzu:
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
Teglar:
Kim Chen In, Shimoliy Koreya, mintaqalararo ballistik raketa

Asosiy mavzular