06:48 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt (12)
146724

Istanbuldagi tungi klubga qurolli hujumni amalga oshirgan oʻzbekistonlik Masharipov tergovchilarga "Men takror shunday qilgan boʻlardim", deb aytgan

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirgan oʻzbekistonlik Abdulqodir Masharipov amalga oshirgan ishidan pushaymon emasligini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Turkiyaning Hurriyet gazetasiga tayangan holda.

Turkiyadagi Reina tungi klubiga Yangi yil oqshomi kuni hujum uyushtirilgan. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi klubdagi odamlarga qarata oʻt ochgan. Turkiya IIV maʼlumotiga koʻra, hujum oqibatida 39 kishi halok boʻlgan, 69 nafari jarohatlangan.

Seshanba kuni Turkiya hukumati terrorchining qoʻlga olingani haqida xabarni eʼlon qilgan edi.

Hurriyet gazetasida keltirilgan iqtibosga koʻra, Masharipov "Men bu ishni yana amalga oshirgan boʻlardim", deb aytgan.

Terrorchi tungi klubga hujum uyushtirish haqidagi buyruqni Suriyaning Rakki shahridagi "amiri"dan smartfon orqali olganligini aytgan.

Nashr xabariga koʻra, Masharipov sheriklari qoʻlida boʻlgan toʻrt yashar oʻgʻlini topishga yordam berishsa, Turkiya hukumatiga "ID" bilan aloqalari haqida koʻproq maʼlumot aytishga tayyorligini bildirgan.

Mavzu:
Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt (12)
Teglar:
Masharipov, ID, Istanbul, Turkiya

Asosiy mavzular