13:08 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
117120

Putin Moskva cheklovlardan 50-52 milliard dollar yoʻqotgan boʻlsa, shu sanktsiyalarni kiritgan davlatlar - 100 milliard dollar yoʻqotganini aytdi

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu yil oʻtkazayotgan oʻn beshinchi jonli muloqot davomida sanktsiyalar taqdiri haqida gapirdi.

Vladimir Putin bilan jonli muloqot
© Sputnik / Mixail Klimentyev
"Boshqa davlatlar Rossiya yuzida raqibni koʻra boshlagan davrdan boshlab, ular shu zahotiyoq turli bahonalar bilan cheklovlar kirita boshladilar", dedi Putin. "Qrim boʻlmaganida, albatta, boshqa bir bahona topilardi. Sanktsiyalar tufayli biz miyani ishga soldik", — taʼkidladi Putin.

Rossiya rahbari sanktsiyalar mamlakat iqtisodiyoti ahvoliga taʼsir koʻrsatmaganini, aksincha, boshqa bir muammo, yaʼni neft narxi tushishi muhimroq muammo boʻlganini qayd etdi.

Sanktsiyalar kiritgan davlatlarning oʻzlari Rossiyadan koʻra koʻproq yoʻqotish koʻrdilar, dedi Putin.

"Moskva cheklovlardan 50-52 milliard dollar yoʻqotganini, sanktsiyalarni kiritgan davlatlar esa — 100 milliard yoʻqotdi".

Rossiya rahbari soʻzlariga koʻra, agar Gʻarb Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilsa, Moskva shunga munosib javob qaytarishga majbur boʻladi.

Rossiya rahbariga berilgan eng qiziqarli savollar va Putinning asosiy fikrlari haqida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri onlayn-reportajida oʻqing.

Teglar:
Gʻarb, sanktsiyalar, Rossiya, Putin

Asosiy mavzular