20:43 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov

Qirgʻiziston prezidenti migrantga aylanmaslik uchun sigir sotib olishni maslahat berdi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Kыrgыzskoy Respubliki
Dunyoda
Havola olish
661 0 0

Prezident gubernatorligi davrida "migratsiyani toʻxtata olmagani" haqida maʼlum qildi va hukumat organlariga regionlarni rivojlantirishda yordam berajagini aytdi

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov migratsiyani qay tarzda toʻxtatish haqida gapirdi. U bu borada fikrlarini davlat maʼmuriyati va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhining birinchi yigʻilishida bildirib oʻtdi.

Ishchi guruh 2018-yil regionlarni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tarkib topgan.

Prezident gubernatorligi davrida "migratsiyani toʻxtata olmagani" haqida maʼlum qildi va hukumat organlariga regionlarni rivojlantirishda yordam berajagini aytdi. Jeenbekov u Bosh vazir lavozimini egallaganida, sut ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri Talos va Oʻsh viloyatlarida oʻz filiallarini ochganini, buni natijasida sutning tan narxi besh somga oshganini eslatib oʻtdi.

"Uch-toʻrt bosh sigir boʻlsa, oila taʼminoti yaxshilanadi, bundan tashqari selektsiyaga eʼtibor berish kerak. Toʻrt bosh sigiri borlar bir sutkada 60 litr sut olish imkoniga ega boʻladi, uni 20 somdan sotib, kuniga 1200 som, oyiga 36 ming som daromad qilish mumkin. Bu esa migrant daromadi bilan teng, shu tariqa migratsiyaga barham bersa boʻladi", — deya iqtibos keltirgan Sputnik Qirgʻiziston davlat rahbari soʻzlaridan.

Turli maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻizistonning 1 milliongacha fuqarolari mehnat qilishadi. Shulardan 80%i Rossiyada ishlashadi.

Asosiy mavzular