03:56 01 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
42010

Lavrov Gʻarb mamlakatlarining Skripal zaharlanganidan keyingi harakatlarini xalqaro huquq ustidan kulish, deya baholadi

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Moskva Vashingtonning harakatlariga qarshi javob yoʻlladi va 60 nafar amerikalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi hamda Sankt-Peterburgdagi AQSH Bosh konsulligi faoliyatiga rozilikni chaqirib olayotgani haqida eʼlon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskvadagi Amerika elchixonasining 58 nafar xodimi hamda Yekaterinburgdagi ikki xodim chiqarib yuborilayotganini taʼkidlagan. Diplomatlarga 5 aprel sanasiga qadar Rossiya hududini tark etish majburiyati eʼlon qilingan. Peterburgdagi konsullik binosini esa 31 mart sanasiga qadar tark etishlari lozimligi aytib oʻtilgan.

Rossiya diplomatiyasi rahbari, shuningdek, Moskva Vashington singari harakat qilgan barcha mamlakatlarga nisbatan xuddi shu tarzda choralar qoʻllanilishini aytgan.

Lavrov Gʻarb mamlakatlarining Skripal zaharlanganidan keyingi harakatlarini xalqaro huquq ustidan kulish, deya baholadi.

U shuningdek, Skripal hodisasida "Moskva qoʻli" borligi haqidagi xulosalarni "achinarli" va "shoshma-shoshar" deya atadi va yana bir marta Razvedka Bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi bilan bogʻliq holatga Rossiyaning biron bir aloqasi yoʻqligiga ishora qildi.

"Shunday qilib, normal suhbatga erishish uchun, haqiqatni aniqlash uchun, 4 aprel kuni Kimyoviy qurolni taʼqiqlash boʻyicha tashkilot (OZXO)ning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishni rasman taklif qildik", — degan Rossiya TIV rahbari.

Tashqi ishlar vaziri shuningdek, Gʻarb "roʻy rost suhbatdan" qochmasligiga ishonch bildirdi va aks holatda ularning harakatlari "oʻta qoʻpol provokatsiya" sifatida baholanishini aytdi.

Skripal zaharlanishi

Toʻrtinchi mart kuni RBB sobiq ofitseri va britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani Solsberi shaharchasi markazida hushsiz holatda topishadi. Londonning taʼkidiga koʻra, sobiq agentini A234 moddasi bilan zaharlashgan, ushbu hodisaga esa goʻyoki Moskva daxldor. Rossiya Britaniya tomonning ayblovlarini inkor etib kelmoqda. 

Ammo ayblovlar oʻz isbotini topmaganligiga qaramay, Britaniya Rossiyaning 23 diplomati chiqarib yuborilishi va Rossiya bilan oliy darajadagi munosabatlar muzlatib qoʻyilganini eʼlon qildi.

Moskva bunga qarshi javob qaytardi: Britaniyaning 23 diplomati mamlakatni tark etishi, Sankt-Peterburgda Britaniya elchixonasi ochilishiga rozilikni chaqirib olinishi va Britaniya kengashining faoliyati toʻxtatilishi maʼlum qilindi.

Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqining 16 mamlakati, shuningdek AQSH, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Moldaviya, Albaniya, Makedoniya va Ukraina qoʻllab-quvvatladi.

YEIning hamma davlatlari ham rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagani yoʻq.

Xususan, bu kabi choralarni qoʻllashdan Avstriya keskin bosh tortgan. Avstriya Rossiya bilan dialog tarafdori ekanligini maʼlum qilgan.

Avstriya TIV rahbari Karin Knaysl Avstriya YEIdagi neytral davlat ekanligini taʼkidlab oʻtgan. 

Amerika tomonga keladigan boʻlsak, AQShning taʼkidiga koʻra, diplomatlarning ommaviy chiqarib yuborilishiga qarshi javob qaytarayotgan Rossiya oʻzini-oʻzi yakkalashga urinmoqda.

"Mening tushunishimcha, Rossiya Buyuk Britaniya bilan hamjihat boʻlgan 28 davlatga qarshi javob choralarini qoʻllashni rejalashtirmoqda. Kimyoviy qurol bilan hujum qilganlik faktini hayosizlarcha inkor etib kelayotgan Rossiya oʻzini-oʻzi yakkalab qoʻyadi", — deb aytgan AQSH diplomatik muassasasi rasmiy vakili Xezer Nauert.

AQSH Davlat departamenti vakilining fikriga koʻra, Sankt-Peterburgda Bosh konsullikning yopilishidan Qoʻshma Shtatlarga borish uchun vizaga ehtiyoj sezgan rossiyaliklar jabr chekishi mumkin.

Teglar:
Rossiya TIV, Lavrov, Skripal voqeasi, diplomatlar, AQSH, Rossiya

Asosiy mavzular