19:05 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Goroda mira. Pxenyan

KXDR Janubiy Koreya bilan 16 mayga belgilangan uchrashuvni bekor qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
57710

Ikki Koreya oʻrtasida oliy darajadagi uchrashuv 16 may kuni ikki davlat chegarasidagi Pxanmundjom muzokaralar punktida boʻlib oʻtishi lozim edi

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. KXDR chorshanba kuni 16 may kuniga Janubiy Koreya bilan belgilangan oliy darajadagi uchrashuvni bekor qilgani haqida bayonot berdi. RIA Novosti xabariga koʻra, Shimoliy Koreya ushbu qarorni AQSH va Janubiy Koreya hamkorligida oʻtkazilgan harbiy mashgʻulotlar tufayli qabul qilgan.

Ilgariroq Janubiy Koreya KXDRning 16 may kuni ikki davlat chegarasidagi Pxanmundjom muzokaralar punktida oliy darajada uchrashuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifini qabul qilgan edi.

Ryonxap agentligi ilgariroq AQSH va Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari 15 apreldan boshlab Janubiy Koreyada "Max Thunder" deb nomlangan hamkorlikdagi mashgʻulotlarni oʻtkazishi haqida xabar bergan.

Harbiy manyovrlarda 1200 nafar amerikalik harbiy xizmatchilar,  F-16 va F-18V qiruvchi samolyotlari, shuningdek, REB EA-18G paluba samolyoti ishtirok etadi. Janubiy Koreya tomonidan mashgʻulotlarda 640 nafar askar, KF-16, F-15K, F-5E, F-4E, FA-50 samolyotlari, shuningdek, C-130-CN-235 samolyoti jalb qilingan.

Amerika-Janubiy Koreya mashgʻulotlari davomida jami yuzga yaqin samolyotlar havoga koʻtarilgan, deb xabar qilgan agentlik.

Mavzu:
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)

Asosiy mavzular