02:13 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Chereshnya na prilavke munitsipalnogo fermerskogo rыnka Merkado dosh Lavradoresh v gorode Funshal na ostrove Madeyra.

Xitoyliklar AQSH qishloq xoʻjalik mahsulotlari oʻrniga Oʻzbekistonnikini sotib olishmoqchi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev
Dunyoda
Havola olish
109080

6 iyul kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 25% boj solish haqidagi qarori kuchga kirdi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Pekindagi gilos eksportyori Chjao Syaoyu Xitoy va AQSH oʻrtasidagi savdo urushi sababli Oʻzbekiston va Turkiyadan gilos importini yoʻlga qoʻyishga olib kelishi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi east-fruit.com portali.

Uning aytishicha, hozirda mavjud shartnomalar AQShdan gilos keltirish hajmini keskin kamayishiga olib kelmaydi. Lekin “agar vaziyat shunday davom etadigan boʻlsa, biz Oʻzbekiston va Turkiya mahsulotlariga murojaat qilamiz”, - dedi u.

Eslatib oʻtamiz, 6 iyul kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 25% boj solish haqidagi qarori kuchga kirdi.

Pekin ham Amerikadan keltiriladigan gilos, soya, avtomobil, choʻchqa goʻshti va boshqa mahsulotlarga boj kiritdi.

Vashington asosiy eʼtiborni texnika mahsulotlariga, Pekin esa qishloq xoʻjalik mahsulotlariga qaratgan.

Oʻzbekiston gilos eksporti boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi.

Asosiy mavzular