Si Szinpin arab dunyosini internetdagi ekstremizmga qarshi kurashishga chaqirdi

© REUTERS / Axel SchmidtPredsedatel KNR Si Szinpin v aeroportu Gamburga
Predsedatel KNR Si Szinpin v aeroportu Gamburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, mavjud tushunmovchiliklarni muloqot yo‘li orqali hal etish, turlicha qarashlarga sabr bilan etish, ijobiy hatti-harakatlar va samimiylik ustuvor bo‘lgan muhitni vujudga keltirish ayni vaqtda juda muhim va zarur

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. XXR Raisi Si Szinpin seshanba kuni arab mamlakatlarini hamkorlikda tinchlik va adolat ideallarini ilgari surishga hamda internetda ekstremizm ko‘rinishlari va nafratni avj oldirish holatlariga qarshi kurashga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Si Szinpin vistupil na sammite ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Si Sizinpin: Kuch, birdamlik va o‘zaro ishonchni oshirish kerak
"Sog‘lom kibermuhit va kibermadaniyatni yaratish ustida hamkorlikda ishlash juda muhim, ekstremistik kontent va nafratni keltirib chiqaruvchi agressiv gaplarning tarmoqda tarqatilishiga birgalikda qarshilik ko‘rsatmog‘imiz lozim", — deb bayonot qildi XXR yetakchisi, Pekinda bo‘lib o‘tgan Xitoy-arab hamkorligi forumi tashqi ishlar vazirlarining 8-uchrashuvi ochilish marosimida so‘zlagan nutqida.

Xitoy yetakchisi xitoy va arab sivilizatsiyasini ko‘p yillar davom etgan o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bog‘lab turishini qayd etdi, ayni vaqtda esa ularda bir-biridan kuch-quvvat va donishmandlik o‘rganish uchun sabablar yanada ko‘pligini ta’kidladi.

"Biz tinchlik, o‘zaro moslik va adolat haqidagi g‘oyalarni hamkorlikda tarqatmog‘imiz lozim, bularni amalga oshirishning bir yo‘li — bu Xitoy va arab davlatlari o‘rtasida sivilizatsiyalararo muloqotni muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatlash va ekstremizmni ildizini yo‘qotish uchun birgalikda hamkorlik qilishdir", — deb qo‘shimcha qildi u.

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, mavjud tushunmovchiliklarni muloqot yo‘li orqali hal etish, turlicha qarashlarga sabr bilan etish, ijobiy hatti-harakatlar va samimiylik ustuvor bo‘lgan muhitni vujudga keltirish ayni vaqtda juda muhim va zarur.

Yangiliklar lentasi
0