12:07 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoye foto

Toliblar Gʻazni shahrini shturm qilmoqda - OAV

© AFP 2018 / Noorullah Shirzada
Dunyoda
Havola olish
55710

Xabar qilinishicha, toliblar otryadlari bir necha tarafdan shaharga kirishga urinmoqda

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afgʻonistonning markaziy qismidagi Gʻazni shahriga hujumga oʻtishdi, deb xabar qilmoqda TOLO News telekanali oʻzining regiondagi manbalariga tayangan holda.

Toliblar bayonotida aytilishcha, ularning otryadlari bir necha yoʻnalishdan Gʻazni shahriga kirishga harakat qilmoqda.

Qobul-Gʻazni avtomagistrali hukumat kuchlari va jangarilar oʻrtasida kechayotgan ayovsiz janglar munosabati bilan harakat uchun toʻsib qoʻyilgan, deb taʼkidlamoqda manbalar.

"Agar bizga qoʻshimcha kuch yuborishmasa, toliblar Gʻaznini bosib oladi", - deb aytgan telekanalga Gʻazni provintsiyasi kengashi raisi Xamidulla Navroziy.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistonda "Tolibon" radikal harakati jangarilari va hukumat kuchlari oʻrtasida keskin kurash olib borilmoqda. Avvaliga mamlakat tumanlaridagi qishloqlar hududlarini bosib olgan toliblar endilikda yirik shaharlarga hujumga oʻtgan.

Shuningdek, Afgʻoniston hududida "Islom davlati" terrorchilik guruhi taʼsiri kuchaygan. Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari tomonidan butun mamlakat boʻylab terrorizmga qarshi hamkorlikdagi operatsiyalar oʻtkazib kelinmoqda.

Asosiy mavzular