11:15 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
844 0 0

AQShning RSMD shartnomasidan chiqish haqidagi qaroriga Rossiya "kerak boʻlsa harbiy choralar" koʻrishi mumkinligini xabar qildi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya AQShning Kichik va oʻrta masofa raketalar (RSMD) shartnomasidan chiqish haqidagi rejalarini qoʻllab-quvvatlamaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov, RIA Novosti xabariga asosan.

Ryabkov aytishiga qaraganda, agar AQSH oldin kelishilgan xavfsizlik shartnomalardan bir tomonlama ravishda chiqishda davom etaversa, Rossiya ham bunga kerakli javob choralarini koʻradi.

“Kerak boʻlsa harbiy choralarni ham, lekin bu darajaga yetkazishni istamagan boʻlardik”, - dedi Ryabkov.   

Siyosatchi fikriga koʻra, sisyosiy tortishuvlar,  ushbu xavfsizlik shartnomasidan chiqishni roʻkach qilish yoʻli bilan hal qilishga arzimaydi. RSMD shartnomasi - bu juda jiddiy masala, dedi u.

“AQShning qoʻpol va keskin siyosati turli mamlakat va xalqaro doiralarda noroziliklarga sabab boʻlmoqda. Vashington ushbu “kayfiyatlar oʻzgarishi”ni sezishi kerak”, - dedi siyosatchi.

Shanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp SSSR bilan 80 yilllarda imzolangan Kichik va oʻrta masofa raketalarni yoʻq qilish haqidagi shartnomadan chiqishi mumkinligini eʼlon qilgan edi. Tramp oʻshanda Moskvani ushbu shartnomani buzishda ayblagan edi..  

Kichik va oʻrta masofa raketalar (RSMD) ishlab chiqarmaslik haqidagi shartnoma AQSH va SSSR orasida 1987 yilning 8 dekabrida Mixail Gorbachev va Ronald Reygen tomonidan imzolanagan edi.

Shartnomaga koʻra ikki davlat ham 500, 1000, va 5500 km masofaga uchadigan raketalarni yoʻq qilishi shart edi. SSSR 1991 yilning may oyida 1752ta raketani yoʻq qildi. AQSH esa – 859ta. Shartnomaning yakunlanish muddati yoʻq, lekin bir tomon uni buzganda va ikkinchi tomon buni isbotlab berganda shartnomadan chiqishi mumkin.

Asosiy mavzular