21:32 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Indiya.

Hindiston Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvda norasmiy ravishda ishtirok etadi

© AFP 2018 / NOAH SEELAM
Dunyoda
Havola olish
98 0 0

Moskvada 9 noyabr kuni Afgʻoniston boʻyicha uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Hindiston 9 noyabr kuni Afgʻoniston boʻyicha “Moskva formati” uchrashuvida norasmiy darajada ishtirok etadi. Bu haqda Hindinston TIV rasmiy vakili Ravish Kumar maʼlum qildi.

“Biz 9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Moskvada Afgʻoniston boʻyicha uchrashu oʻtkazishi haqida xabardormiz... Bu uchrashuvda ishtirokimiz norasmiy darajada boʻladi”, - dedi diplomat.

Shu bilan birga u Nyu-Deli “Afgʻonistonda tinchlikni oʻrnatishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi, ular yakdillikni va plyuralizmni saqlab qolib, mamlakatda xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni taʼminlaydi”.

Kumar soʻzlariga koʻra, bu harakatlarning boshida Afgʻoniston oʻzi boʻlishi kerak, ular afgʻon hukumatisiz boʻlishi mumkin emas.

Bundan avval Rossiya TIV maslahatlashuvlarga Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek AQSH vakillari taklif qilinganligini maʼlum qildi. Ilk bor bu darajadagi xalqaro uchrashuvda tolibon harakati delegatsiyasi uchrashadi.

Qobul delegatsiyasiga Afgʻoniston tinchlik oliy kengashi raisi oʻrinbosari Xadjidin Muxammed rahbarlik qiladi.

Uchrashuv “Prezident-otel” mehmonxonasida tashqi ishlar vaziri va maxsus vakillari ishtirokida yopiq formatda oʻtkaziladi. Yakunlari boʻyicha biron bir hujjat imzolash rejalashtirilmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afgʻoniston boʻyicha Moskva formati yigʻilishida nutq soʻzlaydi.

Asosiy mavzular